903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi
So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi so‘nggi 24 soat ichida mamlakat havo mudofaasi tizimlari Ukraina Qurolli Kuchlariga tegishli 903 ta samolyot tipidagi dronni urib tushirganini bildirdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqt ichida to‘rtta uzoq masofaga uchuvchi “Neptun” raketasi va ikkita boshqariladigan aviabomba ham yo‘q qilingan.
Shuningdek, Rossiya kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlarining o‘q-dori omborlari, uchuvchisiz uchish apparatlari va yer usti robot tizimlari saqlanadigan hamda ishlab chiqariladigan obyektlariga zarba bergani aytilgan. Bundan tashqari, radar stansiyasi ham yo‘q qilingan.
Harbiy amaliyotlarda operativ-taktik aviatsiya, hujumkor dronlar, raketa qo‘shinlari va artilleriya ishtirok etgan. Vazirlik hisobot davrida 139 ta tumandagi Ukraina bo‘linmalarining vaqtinchalik joylashuv punktlariga ham zarbalar berilganini ma’lum qilgan.








