Sirkda yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi
Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati ham tasdiqlangan.
Ro‘yxatga, xususan, yo‘lbars, sher, gepard, yaguar va ularning barcha kenja turlari, gorilla, shimpanze, yirik bo‘g‘ma ilonlar oilasiga mansub barcha turlar, otlarning barcha turlari (xonaki otlar bundan mustasno) kiritildi.







