Yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq tug‘ildi?
SSV bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Ularning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
🔹Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
🔹Toshkent shahri (112 nafar),
🔹Samarqand viloyati (101 nafar),
🔹Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eʼtiborlisi, tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, yaʼni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.
Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.







