Buxoroda 12 yoshli qiz homilador ekani aytilmoqda
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Buxoro viloyatida 12 yoshli qiz homilador bo‘ldi. Bu haqida Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, qiz 4 oylik homila bilan Buxoro shahar perinatal markaziga yotqizilgan. Holat voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan.
Oliy Majlisning Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova holat voyaga yetmaganlarga oid ekanligi uchun batafsil maʼlumot berish maqsadga muvofiq emasligini bildirdi.
Shuningdek, Bolalar ombudsmani voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilayotganini maʼlum qildi.







