Germaniya aeroportlarida kompyuter tizimlari ishlamay qoldi
Uzilish sababi hozircha maʼlum emas.

Germaniya federal politsiyasi vakiliga ko‘ra, mazkur tizim yo‘lovchilarni mamlakatga kirishda tekshirish uchun qo‘llaniladi.
Mahalliy nashlarning yozishicha, nosozlik Germaniyaning kamida uchta yirik aeroporti faoliyatini to‘xtatgan. Dyusseldorf aeroporti hozircha Shengen zonasiga kirmagan hududdan mamlakatga kirishning imkoni yo‘qligini maʼlum qilgan.







