O'zbekiston

Baʼzi yo‘lovchilarga poyezdda bir marta bepul yurish huquqi berildi

“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun 1 yanvardan kuchga kirdi.

Baʼzi yo‘lovchilarga poyezdda bir marta bepul yurish huquqi berildi

Temir yo‘l transporti sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun joriy yil 1 yanvardan kuchga kirdi.

 

Yangi qonunga 17 yangi tushuncha kiritilgan. Bir-biriga nomuvofiq va havolaki normalar qayta ko‘rib chiqildi.

 

Qonunga yangi moddalar ham kiritildi. Xususan, temir yo‘l transporti tashuvchisining yo‘qotishlari va zararlarini qoplash to‘g‘risida (30-modda) meʼyorlar kiritildi. Chunki, amalda yo‘lovchilarni temir yo‘l transportida tashishdan ko‘rilgan zararlar tashkilotga ortiqcha yuklatilgan bo‘lib, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilmagan edi. Konstitutsiyaning 19-moddasini taʼminlash maqsadida alohida toifadagi yo‘lovchilarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi belgilandi.

 

Amaldagi qonunda havolaki normalar, shuningdek, “normativ hujjatlar” so‘zlari ifodalangan moddalar mavjudligi, temir yo‘l transporti faoliyati nafaqat meʼyoriy texnik hujjatlar bilan, balki normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solinishi sababli, ushbu normalarning tahririga o‘zgartirish kiritildi.

 

Qonun joriy yilda davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflarda yo‘lovchilarni tashishdan vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun Davlat byudjetidan qo‘shimcha 1,7 trillion so‘m xarajatni talab etadi.

 

Qonun temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoit yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, temir yo‘l transporti va xalqaro tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.