O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda FVV xodimi 5 kishini pichoqladi

Jabrlanuvchilardan biri olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Qoraqalpog‘istonda FVV xodimi 5 kishini pichoqladi

Qayd etilishicha, vazirlikning Maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi 1-sonli muhandislik qurilish batalyoni 2-otryad 5-guruh oddiy askari G.M. mast holatda xizmat o‘tayotgan ushbu batalyonning 1-otryad 5-guruh oddiy askari J.N.ni urib, ko‘chaga chiqib ketgan. Soat 03:30 da Nukus shahrining Danalar ko‘chasida joylashgan 41-uyga kirib, uydagi oshxona pichog‘i va chopqini olgan. Shundan so‘ng uyda uxlab yotgan 2000 yilda tug‘ilgan xonadon keliniga tegajog‘lik qilgan. Uning ovozidan uyg‘ongan turmush o‘rtog‘i Z.K.ga esa pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. So‘ngra Z.K.ning otasi D.A., uning yana bir qarindoshi R.A.ga chopqi bilan hujum qilib, ularga turli darajada tan jarohat yetkazgan.

 

Bundan tashqari, G.M. jinoiy harakatlarini davom ettirib, soat chamasi 04:00 da Nukus shahri Aybuyir ko‘chasida joylashgan 18-uyda yashovchi A.S. uyining eshigini yopayotgan vaqtida unga ham chopqi bilan tashlanib, voqea joyidan qochib ketgan. A.S. esa o‘g‘li S.A.ni chaqirib, notanish bir odam tan jarohat yetkazganini aytgan. S.A. ushbu notanish kishini topish uchun mashinasida ko‘chaga chiqqanida, G.M. uni ham jarohatlagan.

 

Jabrlanuvchilarning 1 nafari vafot etgan, 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Voqea joyidan 1 dona tig‘ sohasi uzunligi 20 sm, eni 8 sm, sop qismi uzunligi 12 sm bo‘lgan chopqi qonga o‘xshash dog‘lar bilan ashyoviy dalil tariqasida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs (2005 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan G.M.) protsessual tartibda ushlangan.

 

Hozirda Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan O‘zbekiston fuqarosiga uyiga qaytarildi

U yashash joyisiz qolib, ko'chalarda tunashga majbur bo'lgan.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"