O'zbekiston

Toshkentda soliq qarzi sabab maxsus mashina xatlandi

Hozirda u jarima maydonchasiga joylashtirilib, auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentda soliq qarzi sabab maxsus mashina xatlandi

Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2026 yil 23 fevraldagi qaroriga asosan qarzdor aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi — Toshkent shahar soliq boshqarmasi foydasiga 251 million 751 ming 348 so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

 

Mazkur ijro hujjati ijrosini taʼminlash, soliq qarzdorligini qoplash maqsadida olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilotga tegishli bo‘lgan “HOWO” rusumli maxsus avtotransport vositasi aniqlanib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Olib borilgan tezkor va amaliy chora-tadbirlar natijasida qidiruvda bo‘lgan mazkur avtotransport vositasi topilib, belgilangan tartibda ushlandi hamda jarima maydonchasiga joylashtirildi.

 

Ayni paytda ushbu avtotransport vositasini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish orqali qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.