O'zbekiston

Navoiyda Nexia ikki kishini urib yubordi

Ular voqea joyida vafot etishgan.

Navoiyda Nexia ikki kishini urib yubordi

Holat 2025 yil 1 yanvar kuni soat 18:30 lar atrofida Qiziltepa tumanining O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi hududida sodir bo‘lgan. S. ismli haydovchi mahallaning Yangilanish ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan yo‘lda Nexia mashinasini boshqarib ketayotib, 1971 yilda tug‘ilgan N.Ya. hamda uning 1976 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i N.U.ni urib ketgan.

 

YTH oqibatida er-xotin og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Ularning 3 farzandi bo‘lgan.

 

Marhumlarning yaqinlari holat yuzasidan tegishli organlarning harakati sust bo‘layotganligidan norozi.

 

“Haydovchi mast holatda bo‘lgan. Qolaversa, mashinani katta tezlikda boshqargan. Shuningdek, holat sodir bo‘lganida birinchi yordam ko‘rsatmagan. YTH sodir bo‘lganiga 3 kun bo‘ldi. Biroq hozircha hech qaysi organ xodimi marhumlarning oilasidan xabar olib, farzandlariga ko‘rilayotgan ish yuzasidan tushuntirish bermadi. Nima bo‘layotganidan xabarimiz yo‘q. Balki tergov harakatlari olib borilayotgandir. To‘g‘risi, ish “yopdi-yopdi” qilib yuborilishidan xavotirdamiz”, deydi marhumlarning yaqini. 

 

Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanganmi yoki yo‘q, maʼlum emas. Navoiy viloyati IIB YHXB hozircha holat yuzasidan munosabat bildirmadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda Nexia ikki kishini urib yubordi | Zamon.uz