O'zbekiston

O‘zbekistonda ham metapnevmovirusga chalinganlar bormi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bu haqida ma'lumot berdi.

O‘zbekistonda ham metapnevmovirusga chalinganlar bormi?

 

So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator mamlakatlari bo‘ylab metapnevmovirus infeksiyasi avj olayotgani hamda ushbu xastalik COVID-19dan ham xavfliroq ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

 

Ushbu axborotlar qanchalik asosli? Umuman, metapnevmovirus o‘zi qanday infeksiya? U qaysi belgilar bilan namoyon bo‘ladi? Muolaja jarayoni qanday kechadi?

 

SSV Matbuot xizmatining ushbu savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustam Ikramov javob berdi:

 

— Metapnevmovirus avvaldan ma’lum infeksiya bo‘lib, birinchi marta 2001-yilda aniqlangan, — deydi mutaxassis. — Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li orqali yoki ba’zi holatlarda ifloslangan yuzalar bilan aloqa natijasida yuqadi hamda tarqaladi.

 

Mazkur virus bilan xastalanish holatlari dunyoning barcha mintaqalarida har yili qayd etiladi. Xususan, qo‘shni Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tarqatgan xabarlarda ham ayni paytda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi kuzatilayotgani, shu jumladan 10 yillardan buyon mamlakatda metapnevmovirus ham qayd etilayotgani ta’kidlangan.

 

Metapnevmovirusning kuz-qish davrida yanada faollashuvi kuzatiladi. Bu infeksiya odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma belgilari bilan, xuddi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar shaklida paydo bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.

 

Kasallikni davolash odatda simptomatik bo‘lib, asosan uy sharoitida bemorning ahvolini yengillashtirishga qaratilgan muolajalar qo‘llaniladi. Og‘ir holatlarda kislorodli terapiya yoki kasalxonaga yotqizish talab qilinishi mumkin. Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratsiz tuzalib ketadi.

 

O‘zbekistonda ham ayni vaqtda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Yurtimizda ularning laboratoriya tekshiruvlari muntazam amalga oshirib kelinyapti va ana shunday tekshiruvlarning 39,9 foizida gripp virusi, 32,2 foizida rinovirus, 30,6 foizida respirator-sinsitial virus va 1,2 foizida metapnevmovirus aniqlangan.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"