O'zbekiston

Endi “svarchiklar” ham malaka oshiradi

Avvalroq ular uchun maxsus markaz tashkil etilgandi.

Endi “svarchiklar” ham malaka oshiradi

2024 yilning 2 oktyabr kuni “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida Toshkent davlat transport universiteti filiali bazasidagi Payvandlashga ixtisoslashgan o‘quv markazi ochilgan edi.

 

Markaz rivojlangan xorijiy mamlakatlar talablari asosida yuqori malakali, mahoratli, payvandlash sohasida professional mutaxassislarni “dual” taʼlim tizimida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Markaz 2025 yil boshidan yana 100 nafar tinglovchini qabul qildi.

 

Markazning asosiy vazifasi zamonaviy talablarga mos yuqori malakali payvandlash mutaxassislarini tayyorlashda nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishdan iborat. Ilg‘or xorijiy turdosh, ixtisoslashtirilgan markazlarning o‘quv dasturlari asosida zamonaviy, potensial ish beruvchilarning talab va takliflari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarning konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

 

Bu yerda bir vaqtning o‘zida 150 nafar tinglovchi tahsil olish imkoniyatiga ega. Taʼlim jarayoniga Toshkent davlat trasnport universiteti maxsus kafedralaridan hamda sanoat korxonalaridan tajribali, professional mutaxassislar jalb etilgan. Shuningdek, xorijiy professor-o‘qituvchilar ham tinglovchilarga kasb sirlarini o‘rgatishmoqda.

 

Nazariy taʼlim jarayonini tashkil etish uchun 5 ta zamonaviy o‘quv auditoriyalari, amaliy mashg‘ulot uchun 13 ta payvandlash postidan iborat o‘quv poligoni va zamonaviy jihozlangan axborot-resurs markazi, kutubxona hamda professor-o‘qituvchilar xonasi mavjud.

 

Tinglovchilar turar joyi 73 ta xonadan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 150 nafar tinglovchi joylashishi uchun mo‘ljallangan.

 

O‘quv jarayonining davomiyligi – 12 hafta bo‘lib, shundan 4 hafta nazariy hamda 8 hafta amaliy mashg‘ulotlardan tashkil topgan.

 

O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Toshkent davlat transport universiteti bilan Gomel davlat texnika universiteti hamkorlikda MDH mamlakatlarida tan olinadigan Xalqaro sertifikat taqdim etiladi.

 

Sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilar mamlakatimiz hamda xorijda professional mutaxassis sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

custom img

Yaqin Sharqdan 25 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vataniga qaytarildi

Qaytarilganlarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni va BAAdan olib kelingan.

custom img

Orol dengizining qurigan tubida cho‘l o‘simliklari ekish ishlari boshlandi

Ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jami 730 ta texnika va mexanizmlar, 2 ta AN-2 samolyoti, 622 nafar o‘rmon xo‘jaligi ishchilari va mexanizatorlar jalb etilgan.

custom img

Orolning qurigan tubida cho‘l o‘simliklari ekish tadbirlari boshlandi

Ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jami 730 ta texnika va mexanizmlar, 2 ta AN-2 samolyoti, 622 nafar o‘rmon xo‘jaligi ishchilari va mexanizatorlar jalb etilgan.

custom img

2026-yilda Qashqadaryoda kambag‘allik darajasi 3 foizga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish o‘tkazdi.

custom img

“Inspektorning boshiga yog‘och bo‘lagi bilan urgan”

Bosh prokuratura Farg‘onada suv ta’minoti xodimi kaltaklanishiga munosabat bildirdi.

custom img

Toshkentda “Gruziya madaniyati kunlari”: ikki davlat madaniy hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Tadbir O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish va san’at, teatr, kino hamda raqs yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida tashkil etildi.

custom img

Farg‘onada suv ta’minoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi

Jabrlangan xodimga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar idorasiga xabar berilgan.

custom img

Xorijlik fuqaro O‘zbekistonga sport ozuqasi ko‘rinishida sintetik giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘ldi

Mazkur giyohvand moddalarni qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxs Bektemir tumanida qo‘lga olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"