Jahon

Isroil armiyasi o‘nlab falastinlikni qo‘lga oldi

Jenin shahrida aholiga qarata o‘t ochilgan.

Isroil armiyasi o‘nlab falastinlikni qo‘lga oldi

 

Isroil armiyasi Gʻarbiy Sohildagi Selfit shaharchasidagi uylarga reyd uyushtirdi. Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, oxirgi kunlarda Isroil askarlarining hududga bosimi kuchaygan va ular dahaga kiraverishda ham to‘siq o‘rnatgan.

 

Agentlikning xabar berishicha, reyd davomida 70 ga yaqin kishi, jumladan, keksa falastinliklar qo‘lga olingan. Bundan tashqari, Isroil kuchlari Selfitdagi Xaris qishlog‘ida reydlar uyushtirgan va Jenin shahrida falastinliklarga qarata o‘t ochgan.

 

2023-yil 7-oktyabrda Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri Isroil askarlari va ko‘chmanchilarining falastinliklarga hujumlari va hibsga olishlari ham ortdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"