0

Ota-bobolari Rossiyalik bo’lgan 12 Gollivud aktyorlari

Ular orasida kimlar bor?

Ota-bobolari Rossiyalik bo’lgan 12 Gollivud aktyorlari

 

Amerika kino sanoati tufayli dunyo miqyosida shuhrat qozongan Gollivud yulduzlari o'z ajdodlarini hurmat qilishadi va bir vaqtlar bobolari muhojir bo'lganligini unutmaydilar. Stallonening buvisi, Barbra Streisandning bobosi, Xelen Mirrenning otasi, ularning barchasi Rossiya imperiyasida tug'ilib o'sgan.

 

Silvester Stallone

 

 

Silvestr Stallonening onasining buvisi Roza Lamlek Odessalik bo'lgan. Mashhur amerikalik aktyor ajdodlari badavlat odamlar bo'lib, shaharning eng nufuzli magistral yo'llaridan biri bo'lgan Staroportofrankovskaya ko'chasida yashagan. 1884-yilda Roza Charlz Labofishga turmushga chiqadi va 2 o'g'illi bo’ladi. 1888-yilda butun oila AQShga ko'chib o'tadi.

 

Xelen Mirren

 

 

Xelen Mirrenning, asl ismi Elena Lidiya Mironova. Bo'lajak yulduz London filarmoniya orkestri skripkachisi Vasiliy Mironovning qizi edi. Otasi 2 yoshida Smolensk viloyatining Kuryanovo qishlog'idan Buyuk Britaniyaga ko'chib keladi. Mirrenning bobosi, polkovnik Pyotr Mironov shoh armiyasida xizmat qilgan va rus-yapon urushida qatnashgan. Keyinchalik u Rossiya imperiyasining Londondagi harbiy vakolatxonasida diplomat bo'ladi va 1917-yilgi inqilobni qabul qilmasdan Angliyada qoladi. Xelenning otasi 1950-yillarda ism-familiyasini Inglizcha Basil Mirrenga o'zgartiradi. Shu tariqa uning qizi Elena Mironova Xelen Mirrenga aylanadi. Aktrisa Rossiyada bir necha bor bo'lgan, otasining qishlog'iga tashrif buyurgan va xatto rus qarindoshlarini topishga muvaffaq bo'lgan.

 

Jeyk Gyllenhaal

 

 

Gyllenhaalning bobosi (onasi tomonidan) Rossiya armiyasida xizmat qilmaslik uchun AQShga ko'chib kelgan. U Nyu-Yorkning quyi Sharqiy tomoniga ko'chib keladi va u yerda tikuvchilik qiladi.

 

Barbra Streisand

 

 

Barbaraning otasining bobosi Isaak Streisand 1898-yilda, atigi 17 yoshida AQShga ko'chib o'tgan. U Ternopol viloyatidagi Buchach shahridan (hozirgi Ukraina hududi) ko'chib ketgan.

 

Maykl Duglas

 

 

Mayklning otasi, Gollivudning afsonaviy "oltin davri" yulduzi Kirk Duglas 1916-yilda Nyu-Yorkning Amsterdam shahrida tug'ilgan. 6 yil oldin, uning ota-onasi Mogilev yaqinidagi Chausa shahridan Shtatlarga ko'chib ketishgan.

 

Natali Portman

 

 

Natalining otasining bobosi va buvisi Edelshteynlar XX asr boshida AQShga o'sha paytda Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Polsha Qirolligidan kelishgan. Portmanning onasi tomondan bobosi va buvisi esa Chishinovdan edi.

 

Devid Duxovniy

 

 

Devidning otasi tomondan bobosi Moishe 1916-yilda AQShga ko'chib kelgan. U Rossiya imperiyasining Kiyev viloyatidagi Berdichev shahridan edi. Devidning buvisi esa Polsha Qirolligidan ko'chib ketgan.

 

Liza Kudrou

 

 

Lizaning otasining buvisi Gertruda Farberman Minsk viloyatining Vilay tumanidagi Ilya qishlog'ida (hozirgi Belarus hududi) o'sgan. U 1921-yilda AQShga ko'chib o'tadi va u yerda tez orada Mogilevdan Shtatlarga ko'chib kelgan Devid Kudrouga (Lizaning bobosi) uylanadi.

 

Shon Penn

 

 

1914-yilda uning bobosi Moris Daniil Penn (haqiqiy familiyasi Melenkov) va uning buvisi Yelizaveta Melenkova o'sha paytda Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Litvadan AQShga ko'chib kelishgan.

 

Skarlett Yoxansson

 

 

Skarlettning onasining buvisi Doroti Chodosh bo’lgan. U Nyu-Yorkda tug’ilib o'sgan. Doroti tug'ilishidan oldinroq uning otasi Izador Chodosh va onasi Xana Vaynshteyn Minskdan (o'sha paytda Rossiya imperiyasidagi shahar) AQShga ko'chib ketishgan.

 

Ventuort Miller

 

 

Ventuortning onasining buvisi ismi Florens Bushnevich bo’lgan. U AQShga Polshadan (o'shanda Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan) kelgan.

 

Piter Falk

 

 

Piter Maykl Falk Nyu-Yorkda tug'ilgan. U Maykl Piter Falk va Madelin Falkning o'g'li bo’lgan. Piterning bobosi va buvisi 1890-yillarning boshlarida Rossiya imperiyasidan AQShga ko'chib kelishgan.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"