O'zbekiston

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ommaviy marafon o‘tkazildi

Unda kuch tuzilmalarining 7 ta jamoasi va harbiy o‘quv yurtlarining 6 ta jamoasi raqobatlashdi.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ommaviy marafon o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Men G‘olib” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasining 3 kilometr masofada o‘tkazilgan bahslarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida tashkil etilgan mazkur musobaqa Qurolli Kuchlar vakillari, kuch tuzilmalari xodimlari, harbiy taʼlim muassasalari kursantlari va noprofessional yuguruvchilarni birlashtirdi.

 

Shuni taʼkidlab o‘tish lozimki, joriy yilgi “Men G‘olib Run” yugurish musobaqasi ilk bor Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi tomonidan tashkil etildi. 

 

Musobaqada kuch tuzilmalarining 7 ta jamoasi va harbiy o‘quv yurtlarining 6 ta jamoasi raqobatlashdi.  

 

“Men G‘olib Run” musobaqasining umumiy sovrin jamg‘armasi 76 million so‘mdan oshdi. Ishtirokchilar erkaklar va ayollar o‘rtasida 3 va 10 kilometrlik masofalarda mutlaq g‘oliblik, erkak va ayol kursantlar o‘rtasida jamoaviy birinchilik, kuch tuzilmalari vakillari orasida erkaklar va ayollar jamoaviy birinchiligi bo‘yicha taqdirlandi.

 

Jumladan, 3 kilometrlik yugurish musobaqasiga harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarining oilalari, shu jumladan katta-kichik avlod farzandlari ham qo‘shildi. Ushbu masofadagi bahslarda Eldor Botirov va Aziza Mirzaakbarova g‘olib deb topildi. 

 

Maʼlumot o‘rnida: “Men G‘olib Run” musobaqasining ikkinchi bosqichi may oyida, 9 may - Xotira va qadrlash kuni arafasida bo‘lib o‘tadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ommaviy marafon o‘tkazildi | Zamon.uz