O'zbekiston

15-yanvar uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda.

15-yanvar uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

15-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir,qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi  mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

custom img

"Bunyodkor" stadionida katta tartibsizlik yuz berdi: jabrlanganlar bor

O‘zbekiston-Portugaliya o‘yinini ko‘rgani borganlar ko‘rsatmalarga rioya qilmay, stadionga kirishga uringan va katta tirbandlik yuzaga kelgan.

custom img

Raqobat qo‘mitasi dori vositalari reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi

Ayrim dori vositalari reklamalarida “eng samarali”, “eng xavfsiz”, “kafolatlangan natija” yoki “nojo‘ya ta’sirlari mavjud emas” kabi iste’molchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan iboralar qo‘llanmoqda.

custom img

Farg‘ona va Jizzaxda elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora bilan ushlandi

Ular elektr tarmog‘iga ulash va qarzdorlikni bartaraf etib berish evaziga yirik miqdorda pul talab qilgan.

custom img

Toshkentda qalbaki 10 ming dollarni 6,5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Tezkor tadbir davomida qalbaki valyutalar musodara qilingan.

custom img

Davlat idoralaridagi komplayens tuzilmalari himoyasi kuchaytiriladi

Komplayens xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi belgilandi.

custom img

“Sharq maqomotining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” — Namanganda III Xalqaro maqom san’ati forumi bo'lib o'tmoqda

Anjumanda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 ga yaqin taniqli san’atshunos, musiqashunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etadi.

custom img

Farg‘onada 18 yoshli qizni Turkiyaga sotmoqchi bo'lgan shaxslar ushlandi

Jinoiy guruh qizni ish va yaxshi daromad va’dasi bilan xorijga ketishga ko‘ndirgan.

custom img

Banklar omonatlar va yirik pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasiga berishi mumkin

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ushbu tartibga kiritilmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"