O'zbekiston

Samarqandda besh kishi aroqdan zaharlanib vafot etdi

Qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda besh kishi aroqdan zaharlanib vafot etdi

Samarqandda aroqdan zaharlanish oqibatida 5 nafar erkak vafot etdi. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi. 

 

Qayd etilishicha, qo‘lbola usulda tayyorlangan spirtli ichimlik mahsulotlarini sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Vafot etgan shaxslar shaharning turli mahallalarida yashovchi 63, 50, 72, 39 va 56 yoshdagi erkaklar bo‘lib, to‘rt nafari o‘z yashash xonadonida, yana biri shifoxonada 11 yanvar kuni vafot etgan. Aksariyati spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar bo‘lgan.

 

Marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot hamda kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Hokimlik isitish tizimlarini ishga tushirishda amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishini ma’lum qildi.

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Havo sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.