O'zbekiston

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

 

Toshkent shahridagi avtobuslarda namoyish etiladigan reklama roliklarining ovoz balandligi pasaytirilishi tavsiya qilindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, avtobus salonlaridagi monitorlarda reklama namoyish etish uchun ajratilgan joylar “E-auksion” elektron savdo platformasida o‘tkazilgan auksion g‘olibiga ijara asosida berilgan.

 

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda avtobuslardagi reklama roliklari ovozining balandligi yuzasidan yo‘lovchilar e’tiroz va takliflarini bildirgan. Murojaatlarni inobatga olgan holda, “Toshshahartransxizmat” vakillari reklama joylarini ijaraga olgan tadbirkorlik subyekti bilan uchrashuv o‘tkazgan.

 

Unda reklama ovozining yo‘lovchilarga ta’siri va jamoat transportida qulay muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilingan. Reklama ovozini me’yorida saqlash, yo‘lovchilarning o‘zaro muloqoti va haydovchining xizmat faoliyatiga xalaqit bermaydigan sharoit yaratish muhimligi ta’kidlangan.

 

Uchrashuv yakunida tadbirkorlik subyekti vakillariga reklama roliklari ovozini pasaytirish, yo‘lovchilarga ortiqcha shovqin va noqulaylik tug‘dirmaslik yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan.

 

“Toshshahartransxizmat” AJ mazkur masala nazoratga olinganini bildirib, reklama namoyishi jarayonida yo‘lovchilar manfaatlarini ta’minlash va jamoat transportida qulay muhitni saqlashga e’tibor qaratilayotganini ma’lum qildi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.