O'zbekiston

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

 

Farg‘ona shahridagi 2-, 7- va 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari turli alomatlar bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. 2026-yil 26-oktabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, 28 nafar bola shifoxonada davolanmoqda. Bu haqda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Bolalar tana haroratining ko‘tarilishi, qorin sohasidagi og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishidan shikoyat qilgan.

 

Dastlabki epidemiologik surishtiruv doirasida bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar o‘rganilmoqda. Shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchilar ham aniqlangan.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlardan laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olingan. Hozirda epidemiologik surishtiruv va laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, shifoxonada davolanayotgan bolalarning umumiy ahvoli barqaror, og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q. Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafar bolaning ahvoli qoniqarli deb baholanib, ularga tegishli tavsiyalar berilgan va uy sharoitida davolanishga ruxsat etilgan.

 

Bolalarning kasallanishiga nima sabab bo‘lgani laboratoriya tekshiruvlari va epidemiologik surishtiruv yakunlari asosida aniqlanadi.

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

Unda isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Hokimlik isitish tizimlarini ishga tushirishda amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishini ma’lum qildi.

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Havo sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.