O'zbekiston

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

 

Havo haroratining pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish ko‘paymoqda. Biroq gaz uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, qo‘lbola yoki nostandart isitish qurilmalarini ishlatish, shuningdek, ularni malakasiz mutaxassislarga o‘rnattirish inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi ogohlantirdi.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, texnik talablarga javob bermaydigan qozon va isitish moslamalari, noto‘g‘ri ulangan dudburonlar, nosoz shamollatish kanallari hamda himoya tizimlaridagi kamchiliklar is gazidan zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Is gazining rangsiz va hidsiz ekanligi uni o‘z vaqtida aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu bois isitish mavsumida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish muhim.

 

Energetika vazirligi gaz iste’molchilariga quyidagilarni tavsiya qiladi:

  • Faqat xavfsizlik talablariga javob beradigan, soz isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola, nostandart va nosoz qurilmalarni ishlatmaslik;

  • Gaz uskunalarini malakali mutaxassislarga o‘rnattiring va texnik holatini muntazam tekshirtirish;

  • Dudburon va mo‘rkonlarning sozligini nazorat qiling, ularni qurum va boshqa to‘siqlardan tozalab turish;

  • Shamollatish kanallarini berkitmang va havo almashinuvi to‘g‘ri ishlashiga e’tibor berish;

  • Gaz plitasidan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik;

  • Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Nosozlik yoki gaz hidi sezilsa, tegishli xavfsizlik choralarini ko‘ring va mutaxassislarga murojaat qilish.

 

Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik bo‘lishi mumkin. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, darhol toza havoga chiqish, xavfli hududdagi boshqa odamlarni ham olib chiqish va tez tibbiy yordamga murojaat qilish tavsiya etiladi.

 

Vazirlik isitish mavsumida xavfsizlik qoidalariga beparvo bo‘lmaslik, gaz uskunalari va isitish tizimlarini soz holatda saqlash hamda o‘z va yaqinlar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikka chaqirdi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.