O'zbekiston

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

 

Namangan viloyatida umumiy qiymati taxminan 5,6 milliard so‘mga teng bo‘lgan dori vositalari saqlanayotgan yashirin ombor fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

 

Tadbir davomida Uychi tumanida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona rahbari va uning ishchisi bo‘lgan, 1983 va 1986-yillarda tug‘ilgan aka-ukalar noturar binoning yerto‘lasida yashirin ombor tashkil etgani aniqlangan.

 

Omborni ko‘zdan kechirish jarayonida xorijda ishlab chiqarilgan, kelgusida sotish uchun saqlanayotgan 412 turdagi jami 67 923 dona dori vositasi topilgan. Ularning umumiy taxminiy qiymati 5,6 milliard so‘mni tashkil etadi. Dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirda aniqlangan dori vositalari yuzasidan sud-kimyoviy va tovarshunoslik ekspertizalari tayinlangan. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.