O'zbekiston

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

Havo sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy kuzatib borilmoqda.

Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” darajada: bunga nima sabab bo‘ldi?

 

25-oktabrdan 26-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida noqulay meteorologik sharoitlar sabab havo sifati yomonlashdi. PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdori ortib, ayrim kuzatuv punktlarida havo ifloslanishi xalqaro havo sifati indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” va “juda nosog‘lom” darajalarga yetdi.

 

Ekologiya qo'mitasi ma’lumotiga ko‘ra, tunda haroratning keskin pasayishi, shamolning kuchsizligi va kuchli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almashinuvini cheklagan. Natijada mayda chang zarrachalari yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planib, ifloslanish tun davomida va ertalab ham yuqori darajada saqlangan.

 

Meteosat sun’iy yo‘ldoshi tasvirlarida 26-oktabr soat 00:00 dan 08:00 gacha Toshkent va unga tutash hududlarda havoda chang kuzatilgani qayd etilgan.

 

Shuningdek, tun davomida maxsus mobil laboratoriya yordamida atmosfera havosi instrumental o‘lchovlardan o‘tkazilgan. Kuzatuv punktlarining aksariyatida PM2.5 mayda dispers zarrachalari bilan ifloslanish xalqaro AQI bo‘yicha “nosog‘lom” va “juda nosog‘lom” toifalarga mos kelgani aniqlangan.

 

Milliy havo sifati indeksi bo‘yicha esa Toshkentda PM2.5 ko‘rsatkichi “sariq”, PM10 ko‘rsatkichi “to‘q sariq” darajada bo‘lgan.

 

Ma’lumotga ko‘ra, bugun kun davomida ham havo sifati xalqaro AQI bo‘yicha “nosog‘lom”, milliy indeks bo‘yicha esa “sariq” darajada saqlanishi kutilmoqda.

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

To‘y uchun qarzga botmaslik, yoshlarni giyohvandlikdan asrash: Jizzaxda media-tur o‘tkazildi

Unda isrofgarchilikning oldini olish, yoshlarni giyohvandlikdan himoya qilish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi? — hokimlik izoh berdi

Hokimlik isitish tizimlarini ishga tushirishda amaldagi ob-havo sharoiti ham hisobga olinishini ma’lum qildi.

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Farg‘onada 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kasalxonaga yotqizildi: oziq-ovqat namunalari tekshirilmoqda

Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yana 23 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

1,4 ming tonna gaz qayerga ketgan? “Hududgazta’minot” talon-toroj holatlarini ma’lum qildi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Avtobusdagi reklama yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi kerak — Toshshahartransxizmat

Yo‘lovchilarning e’tirozlaridan so‘ng avtobuslardagi reklama ovozini me’yorlashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Yerto‘lada saqlangan 5,6 mlrd so‘mlik dorilar: Namanganda yashirin ombor fosh etildi

Jami 67 923 dona dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Is gazidan zaharlanish xavfi: isitish mavsumida qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Energetika vazirligi isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.