O‘zbekistonda taksistlar soni oshib bormoqda
Ularning tushumlari qariyb 6 trln so‘mga yetgan.

O‘zbekistonda taksi bozori legallashishi natijasida taksistlar soni qariyb 500 mingga, ularning tushumlari esa qariyb 6 trln so‘mga yetgan.
25 foizdan ortiq taksistlar 10 mln so‘mdan ko‘p topgan.
Taksistlarning 4124 nafari, yaʼni 0,8 foizi ayollar hisoblanadi.
Taksistlarning 90 foizdan sal ko‘prog‘ida ushbu faoliyat “yordamchi faoliyat” sifatida belgilangan.







