O'zbekiston

Janubiy Koreya prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi

U ayni paytda hibsda saqlanmoqda.

Janubiy Koreya prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi

Janubiy Koreyaning hibsga olingan prezidenti Yun Sok Yol isyon bo‘yicha ayblovlar yuzasidan ko‘rsatma berishdan bosh tortdi.

 

Lavozimidan chetlatilgan prezident Yun Sok Yol ikki kundan buyon hibsda saqlanmoqda. Hozirda sud Yunning advokatlari tomonidan bildirilgan dalillarni tinglamoqda. Advokatlarga ko‘ra, uning hibsga olinishi haqidagi order haqiqiy emas.

 

15 yanvar kuni Janubiy Koreya politsiyasi prezidentni ikkinchi urinishda hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi. Yun Sok Yolga isyon va vakolatlarni suiisteʼmol qilish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

 

Dekabr oyi boshida Yun mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringan edi. Shundan so‘ng parlament uni isyonga urinishda aybladi va 14 dekabr kuni unga impichment eʼlon qildi.

 

Yun Sok Yol prezidentlik vazifalarini bajarishdan chetlatilgan, ammo uni lavozimidan chetlatish uchun impichment Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak.

 

Konstitutsiyaviy sud hali yakuniy qaror chiqarmaganligi sababli, u rasmiy ravishda prezident bo‘lib qolmoqda. Endi sud uning lavozimidan butunlay chetlatilishini yoki vakolatlarini tiklashni hal qilishi kerak.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Janubiy Koreya prezidenti ko‘rsatma berishdan bosh tortdi | Zamon.uz