O'zbekiston

AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi mumkin

AQSHning bo‘lajak moliya vaziri shundan taklif bilan chiqdi.

AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi mumkin

AQSH moliya vaziri lavozimiga nomzod Skott Bessent Rossiyaga qarshi neft bo‘yicha sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqida u 16 yanvar kuni AQSH Senati moliya qo‘mitasining eshituvlarida aytib o‘tdi.

 

Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosat masalasini senator-demokrat Mark Uorner ko‘tardi.

 

“Men shuni his qilyapmanki, biz Vladimir Putinga Ukrainadagi tajovuzkor va dahshatli xatti-harakatlari uchun munosib javob bera olmaymiz”, deb shikoyat qildi qonun chiqaruvchi.

 

“Biz yetarlicha ish qilganimiz yo‘q. Ochig‘ini aytganda, sanksiyalar rejimi, menimcha, kerak bo‘lgan darajada samarali bo‘lmadi. Bayden maʼmuriyati neft va tankerlarga qo‘shimcha sanksiyalarni joriy etishda juda kech qoldi, deb o‘ylayman”, deya qo‘shimcha qildi Uorner.

 

 

“Ukrainada sodir bo‘layotgan fojia ongli hayotimdagi eng katta fojialardan biridir. Men moliya vaziri etib tayinlansam, uni tezroq tugatishni xohlayman”, deb javob berdi Bessent.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtgacha AQSHning Rossiya neft sektoriga qarshi sanksiyalari juda zaif edi, chunki Bayden maʼmuriyati, ayniqsa, AQSHdagi saylov arafasida Rossiyadan eksport kamaysa, jahon bozorida va AQSHning o‘zida neft narxi oshishidan xavotirda bo‘lgan. Shu bilan birga, demokratlar mahalliy neft ishlab chiqarishni chekladilar, deya taʼkidladi moliya vaziri lavozimiga nomzod. Uning ishonch bildirishicha, AQSHda qazib olish hajmining oshishi Rossiya neft kompaniyalariga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish imkonini beradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi mumkin | Zamon.uz