Oy xavf ostidagi obyektlar ro‘yxatiga kiritildi
Bu Oydagi ekspeditsiyalar bilan bog‘liq.

Jahon yodgorliklar fondi Oyni birinchi marta xavf ostidagi madaniy obyektlar ro‘yxatiga qo‘shdi.
Tashkilotning aytishicha, insonning Oydagi faoliyati ortib borayotgani tufayli ilk ekspeditsiyalardan qolgan tarixiy izlarga zarar yetishi mumkin.
Shuning uchun bu tarixiy boyliklarni himoya qilish muhim.







