O'zbekiston

Samarqandda temiryo‘lga beton bo‘lagi tashlab ketildi

“Afrosiyob” poyezdi katta tezlikda kelib unga urilgan.

Samarqandda temiryo‘lga beton bo‘lagi tashlab ketildi

Beton bo‘lagini urib ketgan “Afrosiyob” poyezdi maʼlum muddat to‘xtab qolgan va manzilga qariyb 1,5 soat kechikib borgan. Poyezdda yuzdan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

 

Samarqand viloyatining Paxtachi tumani hududida temiryo‘l ustiga beton bo‘lagi qo‘yib ketildi.

 

Maʼlum qilinishicha, nomaʼlum shaxs temiryo‘l chetida masofa yozilgan belgi ostidagi beton bo‘lakni kovlab olgan. So‘ngra uni temiryo‘l ustiga qo‘yib ketgan.

 

Buxoroga ketayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi beton bo‘lagiga katta tezlikda kelib urilgan va maʼlum muddat to‘xtab qolgan. So‘ngra yo‘lida davom etgan poyezd manzilga 1 soat 24 minut kechikib borgan.

 

Poyezdda 133 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularga tan jarohati yetmagan.

 

Hozircha holat qachon bo‘lgani, beton bo‘lagini temiryo‘lga kim va nima maqsadda qo‘yib ketgani, shuningdek, “Afrosiyob” poyezdiga yetkazilgan zarar miqdori maʼlum emas.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda temiryo‘lga beton bo‘lagi tashlab ketildi | Zamon.uz