Jahon

Dunyodagi eng serqatnov aeroportlar

Bu bo‘yicha 2024 yil uchun reyting eʼlon qilindi.

Dunyodagi eng serqatnov aeroportlar

2024 yilda ham Atlanta Hartsfild-Jekson xalqaro aeroporti (AQSH) dunyodagi eng serqatnov aeroport sifatida birinchi o‘rinni saqlab qoldi.

 

Aviayo‘lovchilar oqimi statistikasini tahlil qiluvchi OAG kompaniyasining maʼlumotlariga ko‘ra, Atlanta aeroportidan yo‘lovchilar oqimi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga oshib, 62,74 million yo‘lovchi o‘rnini tashkil etdi. Ammo bu ko‘rsatkich pandemiyadan avvalgi, yaʼni 2019 yil darajasidan 1 foizga kam.

 

Ikkinchi o‘rinni saqlab qolgan Dubay xalqaro aeroporti (BAA) yo‘lovchi oqimini o‘tgan yilga nisbatan 7 foiz, 2019 yilga nisbatan esa 12 foizga oshirib, 60,24 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.

 

Uchinchi o‘rinda esa yana Tokio Xanedda xalqaro aeroporti (Yaponiya) qayd etildi. Ushbu aeroportda yo‘lovchi oqimi 2023 yilga nisbatan 5 foizga, 2019 yilga nisbatan esa 1 foizga oshib, 55,2 millionni tashkil etdi.

 

2024 yilda dunyodagi eng serqatnov 10 ta aeroportning reytingida keskin o‘zgarishlar kuzatilmagan. Reytingning dastlabki oltita pog‘onasi o‘tgan yilgi holatni takrorladi. Biroq Xitoyning aeroportlari o‘z pozitsiyalarini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Xususan, Xitoyda pandemiya cheklovlari 2023 yil yanvar oyida bekor qilingandan so‘ng xalqaro Guangzhou-Bayyun aeroporti o‘z o‘rnini o‘ninchidan yettinchiga ko‘tarib, yo‘lovchi oqimini 2023 yilga nisbatan 12 foiz, 2019 yilga nisbatan esa 9 foizga oshirib, 48,85 millionga yetkazdi. Shuningdek, Shanxay Pudu aeroporti yo‘lovchi oqimini 2023 yilga nisbatan 29 foizga, 2019 yilga nisbatan esa 3 foizga oshirgan holda 15-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarildi.

 

2024 yilda dunyodagi eng serqatnov aeroportlar reytingi:

 

  • Xalqaro Atlanta Hartsfild-Jekson aeroporti (AQSH);
  • Xalqaro Dubay aeroporti (BAA);
  • Tokio Xanedda xalqaro aeroporti (Yaponiya);
  • London Xitrou aeroporti (Buyuk Britaniya);
  • Dallas/Fort-Uert xalqaro aeroporti (AQSH);
  • Denver xalqaro aeroporti (AQSH);
  • Guangzhou-Bayyun xalqaro aeroporti (Xitoy);
  • Istanbul xalqaro aeroporti (Turkiya);
  • Shanxay Pudun xalqaro aeroporti (Xitoy);
  • Chikago O‘Hara xalqaro aeroporti (AQSH).
custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"