Toshkentda Nexia yonib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Bugun, 20-yanvar kuni soat 08:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasidagi MDIS instituti avtoturargohida harakatsiz turgan Nexia rusumli transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda-







