O'zbekiston

Farg‘onada mast haydovchi ikki yo‘lovchini urib yubordi

U shundan so‘ng voqea joyidan qochib ketgan.

Farg‘onada mast haydovchi ikki yo‘lovchini urib yubordi

 

Farg‘ona viloyatida Damas urib yuborgan ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, holat Quva-Marg‘ilon-Marhamat yo‘lining Toshloq tumani Yakkatut mahallasidan o‘tuvchi ichki qatnov yo‘lida sodir bo‘lgan. 34 yoshli Damas haydovchisi spirtli ichimlik taʼsirida avtomashinani yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, oldinda velosipedda ketayotgan fuqaroni urib yuborgan.

So‘ngra u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘l chetida onasi bilan ketayotgan 5 yoshli qizni ham urib, voqea joyidan qochib ketgan. Hodisa oqibatida qiz shifoxonada, 71 yoshli erkak esa hodisa joyida vafot etgan.

YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

custom img

O‘zbekiston turizmi 2030-yilgacha: 20 million sayyoh va 8 milliard dollar eksport maqsad qilindi

Xivada xalqaro turistik shaharcha, Samarqandda Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi, Ichan-qalʼa esa “aqlli” muzey majmuasiga aylantiriladi.

custom img

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

Farg‘ona va Namanganda 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

custom img

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi

1 oktyabrdan jamoat transportida yo‘l haqi 47 foizga oshadi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q

Hodisaga tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida zilzila: silkinishlar 5 ta hududda sezildi

Silkinishlar Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren shaharlarida qayd etilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"