Toshkentda yomg‘irdan so‘ng havo yaxshilandi
Bundan oldin shahar havosi yomonlashib, reytingda 2-o‘ringa chiqqandi.

Toshkentda kecha tunda yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchilikdan so‘ng shaharning katta qismida havo ifloslanish darajasi JSST talablari bo‘yicha ham “yashil” muhitni taqdim etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 16—17 yanvar kuni poytaxt havosi havosi eng iflos shaharlar reytingida 2-o‘ringa chiqqandi.
“Toshkent shahrida atmosfera ifloslanishining asosiy sabablaridan biri issiqlik markazlari va issiqlik elektr stansiyasida ko‘mir va mazutdan foydalanish bo‘lib turibdi”, deya izoh bergandi Ekologiya vazirligi vakili.







