O'zbekiston

Qashqadaryoda maktab direktori forma uchun pul yig‘moqchi bo‘ldi

Holat yuzasidan MMTB rasmiy munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda maktab direktori forma uchun pul yig‘moqchi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida maktab direktori maktab formasi uchun o‘quvchilardan pul yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatma bergani aks etgan videomurojaat tarqalmoqda. Holatga viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida aniqlanishicha, maktab direktori F.Shuhratova haqiqatan ham 2025 yilning 21- yanvar kuni maktabning Telegram guruhiga videomurojaat qilib, barcha o‘quvchilarga “jaket” olinishi maqsadida ko‘rsatma bergan.

 

Natijada maktab direktori F.Sh. ga nisbatan boshqarma boshlig‘ining 2025-yil 22-yanvardagi tegishli buyrug‘iga asosan o‘rtacha oylik ish haqining yigirma besh foiz miqdorida “Jarima” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, maktab jamoasiga kelgusida ushbu holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish berilib, maktab sinf rahbarlaridan tushuntirish xatlari olingan.

 

Taʼkidlanishicha, taʼlim tashkilotida majburiy tartibda o‘quvchilarni forma kiyishiga doir pul mablag‘larini yig‘ish, tashkil etish, qatʼiyan taqiqlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qashqadaryoda maktab direktori forma uchun pul yig‘moqchi bo‘ldi | Zamon.uz