O'zbekiston

Toshkent viloyatida qalbaki pul ishlab chiqaruvchi jinoiy guruh ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent viloyatida qalbaki pul ishlab chiqaruvchi jinoiy guruh ushlandi

Tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan shaxs fuqaroga 3 ming AQSH dollari evaziga 6644 dona 20 ming so‘mlik kupyuradagi jami 132 mln 880 ming so‘mga teng bo‘lgan qalbaki pullar, 2 dona alyuminiy six, qalbaki pullarni o‘rashga mo‘ljallangan qog‘oz bog‘lagich va yelim xaltalarni sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Ushbu tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxs ushbu qalbaki pullarni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi boshqa bir shaxsdan sotib olganligi maʼlum bo‘lgan.

 

Aniqlanishicha, Ohangaron tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro 1993 yilda tug‘ilgan shaxs bilan jinoiy til biriktirib, ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olgan. U yerda rangli chop etish moslamalaridan foydalangan holda, 100ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.

 

Tezkor tadbir davomida ushbu xonadondan 1 dona chop etish qurilmasi, 28 mln 300 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar, 400 ming so‘m chop etishda ishlatiladigan 100 ming so‘mlik haqiqiy pullar, qog‘oz pullarni qirqish uchun dastgoh, qalbaki pullarni bog‘lash uchun mo‘ljallangan qog‘oz bog‘lagich va yelim xaltalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan JKning 176-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida qalbaki pul ishlab chiqaruvchi jinoiy guruh ushlandi | Zamon.uz