O'zbekiston

Surxondaryo hokimining 661 million so‘mlik farmoyishi bekor qilindi

Bu pullar hokim va uning o‘rinbosarlarini mukofotlash uchun ajratilgandi.

Surxondaryo hokimining 661 million so‘mlik farmoyishi bekor qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda shahar va tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 million so‘m ajratgandi.  

 

Viloyat hokimining 7 nafar o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish uchun 201 million 250 ming so‘m, viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘ini rag‘batlantirish uchun 28 million 750 ming so‘m, shuningdek, Termiz shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish uchun esa 431 million 250 ming so‘m ajratilgan.

 

Mazkur pulni ajratish to‘g‘risidagi farmoyish 20 yanvarda qabul qilinganidan so‘ng, jamoatchilikning ko‘plab eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.

 

Bugun, 25 yanvar Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, jamoatchilik eʼtirozlariga sabab bo‘lgan farmoyish bekor qilingan.

 

“Mazkur farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilingan. Mablag‘lar “Qashshoqlikdan farovonlik sari” dasturiga yo‘naltirilishi belgilanmoqda”, - deyiladi xabarda.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.