O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayoni haqida maʼlumot berdi

Mazkur harakatlar 2025-yilda ham davom ettiriladi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayoni haqida maʼlumot berdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonidagi hozirgi holat haqida maʼlumot berdi. 2024-yilda mamlakat ushbu yo‘nalishda katta qadam tashladi.

 

“Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qatʼiy iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi. Xususan, o‘tgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Bu bizga aʼzolikning asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSH, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada O‘zbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor.

 

Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi” — deydi Saida Mirziyoyeva.

 

U tez orada Tashkilotning to‘laqonli aʼzosi bo‘lish uchun joriy yilda ham shu surʼatda davom etishini aytdi. Bu mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda o‘zbek biznesining mintaqaviy va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini taʼminlashi lozim.

 

“JSTga aʼzolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini taʼminlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir”, — dedi Prezident yordamchisi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"