Toshkentda korxona ombori yonib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

27 yanvar kuni soat 21:33 da Uchtepa tumani “Taqachi” MFY Taqachi ko‘chasida joylashgan tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari manzilga soat 21:40 da yetib borib, yong‘in soat 22:22 da qurshab olingan va 01:41 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.







