O'zbekiston

Toshkentda ona va bola pichoqlab ketildi

Hozirda ulardan biri reanimatsiyada.

Toshkentda ona va bola pichoqlab ketildi

Maʼlum qilinishicha, Toshkentdagi shifoxonalardan biriga 31 yoshli ayol va uning 12 yoshli farzandi pichoqlangan holda og‘ir ahvolda olib kelingan.

 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning bosh qismi sanchilib kesilgan jarohatlar bilan og‘ir ahvolda bo‘lgan. Shuningdek, bemorlarning ko‘krak qafasi va yelkalarida sanchilib kesilgan jarohatlar aniqlangan. Shifokorlar tomonidan bir vaqtning o‘zida og‘ir ahvoldagi o‘g‘il hamda uning pichoqlangan onasi jarrohlik amaliyotiga olingan.

 

Maʼlumotga ko‘ra, bemor uyda yaqin qarindoshi tomonidan orqa tomonidan kesilgan jarohatlar olgan va qo‘shnisi tomonidan shoshilinch markaziga olib kelingan.

 

"Operatsiya amaliyoti boshlandi. Onaning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, uning o‘g‘lining holati esa hozirda og‘ir ahvolda bo‘lib, jonlantirish bo‘limida kerakli intensiv davolash muolajalarini olyapti", - deydi shifokor.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabariga ko‘ra, ona va bolani pichoqlagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisi: o'rtacha yosh bo'yicha hududlar orasidagi tafovut ma’lum bo‘ldi

Ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish natijalari asosida qayta hisoblangan.

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

Chorvachilikni rivojlantirish: qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda

2030-yilgacha ozuqa yetishtirish hajmini 90 mln tonnaga yetkazish, 100 dan ortiq ozuqa markazini tashkil etish va chorvachilik uchun yangi subsidiyalar joriy qilish taklif etildi.

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

Hududlarda 81 trln so‘mlik loyihalar amalga oshiriladi: 320 mingta ish o‘rni yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kichik biznesning bandlikdagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish oshdi: hududlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga oshdi.

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Tadbirkorlardan startapchilargacha: O‘zLiDeP elektoratini kengaytirmoqchi

Partiya elektoratini kengaytirish jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini siyosiy maydonda ifoda etish bilan izohlandi.

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Toshkentda xalqaro turizm forumi boshlandi

Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu tadbirda O’zbekistondagi mehmonxona biznesi, kurort va rekreatsiya infratuzilmasi sohasidagi istiqbolli loyihalar, shuningdek, investorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etiladi.

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida

2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Noqonuniy “Umra” tashkilotchilari: fuqarolardan 9 ming 450 dollar olingan

Toshkent va Samarqand viloyatlarida ikki noqonuniy holat aniqlandi.