O'zbekiston

“Uzbekistan Airways” 2 tilda xizmat ko‘rsatishi taklif qilindi

Bu vaqt tejalishiga xizmat qilishi mumkinligi aytildi.

“Uzbekistan Airways” 2 tilda xizmat ko‘rsatishi taklif qilindi

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining til siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini taʼkidladi.

 

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, turizm nafaqat byudjetni to‘ldirish vositasi, balki mamlakat madaniyati va milliy o‘ziga xosligini targ‘ib qilishning samarali usulidir.

 

Deputat aviakompaniya nima uchun yo‘lovchilarga uchta tilda xizmat ko‘rsatishi kerakligi to‘g‘risida savol berdi.

 

“Yo‘lovchilarning 20 foizi ingliz, qolgan 75 foizi o‘zbek tilini tushunadi. 5 foiz tasodiflar bo‘lishi mumkin. Milliy aviakompaniya nima uchun yo‘lovchilarni qo‘shimcha vaqtini oladi? Hamma joyda uchta tilda, lekin avariya holatida samalyotdan chiqish eshiklaridan foydalanish haqidagi juda muhim qo‘llanma rus va ingliz tilida. Milliy kompaniyanida biroz milliy g‘urur bo‘lishi kerak, davlat tili va keng qo‘llaniladigan xalqaro tillardan bittasi ishlatilsa, vaqt ham tejalar edi”, — deya taʼkidladi Qodirov.

 

Qodirovning fikricha, “Uzbekistan Airways” davlat tiliga ko‘proq eʼtibor qaratishi kerak. U faqat o‘zbek va xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan bitta tilni ishlatish nafaqat vaqtni tejashga, balki milliy madaniyat va o‘ziga xoslikka hurmat ko‘rsatishga yordam berishini taʼkidladi.

 

“Milliy aviakompaniya davlat tiliga va vaqtni oqilona ishlatishga nisbatan o‘z munosabatini qayta ko‘rib chiqishi kerak”, — dedi u.

 

Deputat milliy g‘ururni namoyon qilish milliy aviakompaniya uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi kerakligini taʼkidladi. Uning fikricha, bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi madaniy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Uzbekistan Airways” 2 tilda xizmat ko‘rsatishi taklif qilindi | Zamon.uz