O'zbekiston

Bo‘stonliqda marixuana yetishtirilgan laboratoriya fosh bo‘ldi

U yerdan jami 200 tup marixuana o‘simligi aniqlangan.

Bo‘stonliqda marixuana yetishtirilgan laboratoriya fosh bo‘ldi

“Toshkent-AERO” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan “Bosh pochtamt” TIF bojxona posti hamda DXX va Toshkent shahar IIBB, IXB xodimlari bilan hamkorlikda “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti kichik inspektor-kinologi B.Ro‘ziyevga biriktirilgan “Archi” laqabli xizmat iti ishtirokida poytaxtimizning Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro 1 dona qog‘oz quti ichida bo‘lgan, Markaziy bojxona laboratoriyasi sud ekspertiza xulosalarida umumiy og‘irligi 886,426 gr etib ko‘rsatilgan marixuana giyohvandlik moddalari bo‘lgan kuryerlik jo‘natmasini qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

 

Ushbu fuqaroning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dala hovlisi ko‘zdan kechirilganda esa, marixuana yetishtirish uchun mo‘ljallangan laboratoriya tashkil qilgani fosh bo‘ldi.

 

Dala hovlidan jami 200 tup marixuana o‘simligi hamda taxminan 5 kg og‘irlikdagi quritilgan marixuana kukunlari topilib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bo‘stonliqda marixuana yetishtirilgan laboratoriya fosh bo‘ldi | Zamon.uz