O'zbekiston

Yaponiyalik qo‘shiqchi “O‘zbek madaniyati elchisi” etib tayinlandi

Ushbu maqom birinchi bo‘lib Yaponiya fuqarosiga berildi.

Yaponiyalik qo‘shiqchi “O‘zbek madaniyati elchisi” etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, yurtimiz boy madaniy merosi, xususan milliy musiqasi va kuylarini kunchiqar mamlakatda keng targ‘ib qilish orqali mamlakatimiz ixlosmandlarini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Elchixona bilan hamkorlikda yaponiyalik taniqli qo‘shiqchi va sozanda – Komazaki Mashuni “O‘zbek madaniyati elchisi” etib tayinlash marosimi o‘tkazildi.

 

Tadbirda yurtimizning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov tomonidan O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasidagi madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish va keng jamoatchilik vakillarini yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Mashu Komazaki xonimga “O‘zbek madaniyati elchisi” ko‘krak nishoni va sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

 

Maʼlumot uchun: M.Komazaki 1988 yil 16 oktyabrda Tokio shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda Tokio musiqa universiteti fortepiano fakultetini tamomlagan. 2015-2017 yillarda Yaponiyaning xorijdagi hamkorlik ko‘ngillilari (JOSV) dasturi bo‘yicha O‘zbekistonning Buxoro shahridagi o‘rta umumtaʼlim maktabida ko‘ngilli ravishda musiqa o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

 

O‘zbekistondagi faoliyati davomida milliy musiqamizdan tahsil olib, o‘zbek dutorini o‘rgangan. 2018 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Birinchi Xalqaro maqom sanʼati anjumanida o‘zbek dutorida “Sunbula” kuyini ijro etib, faxrli uchinchi o‘rinni egallagan.

 

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Korxona havoga me’yordan 1 533 baravar ko‘p zararli modda chiqargan.