O'zbekiston

Kartoshka narxi qachon tushadi?

Vazirlik bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Kartoshka narxi qachon tushadi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kartoshkaning narxi 12 ming so‘mga yetgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi kartoshka narxi bo‘yicha axborot berdi.

 

Vazirlikning bildirishicha, olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahridagi Food City dehqon bozorida 1 kilo kartoshkaning o‘rtacha narxi 8,5 ming so‘mni tashkil etmoqda (minimal 7,5 ming so‘m, maksimal 9 ming so‘m).

 

Shuningdek, barcha hududlardagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida kartoshka 5-6 ming so‘m narxda sotilmoqda. Toshkentning yirik bozorlarida esa kartoshkaning narxi quyidagicha:

 

  • Aviatsiya, Qo‘yliq, Mirobod, Yunusobod bozorlarida — 9 000 so‘m;

  • Sirg‘ali, Farhod, Chilonzor, Eski Juva, Qoraqamish, Askiya, Oloy bozorlarida — 10 000 so‘m.

  • Kadeshva va yana boshqa bozorlarda — 12 000 so‘m. 

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, kartoshka narxi tushishi uchun bir qator amaliy ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, xususan, 2025 yil hosili uchun 122 ming gektar maydonga kartoshka ekilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aprel may oylarida yangi hosil bozorga chiqariladi va buning natijasida kartoshka narxi pasayishiga erishiladi. Amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida fevral mart oylarida narxlar barqarorlashishi, aprel may oylarida esa pasayishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"