O'zbekiston

Germaniyada Usmonovning villasi sotuvga qo‘yildi

Bu eng qimmat xususiy ko‘chmas mulk bitimi bo‘lishi mumkin.

Germaniyada Usmonovning villasi sotuvga qo‘yildi

Germaniyaning Bavariya federal yeri hududida, Alp tog‘lari etagidagi Tegernzee ko‘li bo‘yida joylashgan va rus oligarxi Alisher Usmonov uzoq vaqt yashagan villa rekord narxga – 25 million yevroga savdoga qo‘yildi. Bu Germaniya tarixidagi eng qimmat xususiy ko‘chmas mulk bitimi bo‘lishi mumkin.

 

Savdo offshor kompaniya Tegernsee (IOM) Limitedning qarzlarini qoplash maqsadida amalga oshirilmoqda. Ushbu kompaniya 2011 yilda villani 7,2 million yevroga xarid qilgan edi. Ammo sud qaroriga ko‘ra, kompaniya hozir moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan va uning aktivlari asosan ko‘chmas mulkdan iborat bo‘lgani uchun qarzlarni to‘lash imkoni bo‘lmagan.

 

Villani savdoga chiqarish huquqi Bavariyaning Volfraxtshauzen shahar sudi tomonidan arbitraj boshqaruvchisi Ulrix Kramerga (Ulrich Sramer) berilgan. U kompaniyaning kreditorlari daʼvolarini qondirish uchun ushbu mulkni sotish majburiyatini olgan.

 

Bu villa Germaniyada ko‘chmas mulkni sotish bo‘yicha eng yirik Immovelt agregator saytida tarixdagi eng qimmat uy sifatida qayd etildi. Mazkur internet-portali 1996 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va ilgari bunday katta narxdagi xususiy mulk savdosi kuzatilmagan.

 

Komila Odilova tayyorladi

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Germaniyada Usmonovning villasi sotuvga qo‘yildi | Zamon.uz