O'zbekiston

Kuala-Lumpurda O‘zbekiston Prezidentining mega loyihasi qo‘llab-quvvatlandi

Shuningdek, 100 mingta noyob kitobdan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Kuala-Lumpurda O‘zbekiston Prezidentining mega loyihasi qo‘llab-quvvatlandi

Malayziya Islom sanʼati muzeyida ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash va islom sivilizatsiyasini o‘rganishda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan "Madaniy meros: O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘prik" mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda Malayziyaning eng yirik “Al-Buxoriy” jamg‘armasi, Malayziya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islomni anglash instituti, Malayziya Islom madaniyati instituti, Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti, Islom fanlari universiteti, Xalqaro islom universiteti hamda boshqa yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.

 

Davra suhbati davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekistonda maʼnaviy-maʼrifiy sohada, shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar taqdim etildi. Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro islom akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy markazlar faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar eʼtiboriga ushbu ilmiy muassasalar faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus hujjatli filmlar namoyish etildi. Shuningdek, Malayziya ilmiy jamoatchiligiga O‘zbekiston Prezidentining "Malayziya islom sanʼati muzeyi" kitob-albomiga yozgan so‘zboshisi taqdim etildi.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti bilan tanishgan davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentining ushbu markazni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadilar. Olimlar mazkur loyiha yoshlarni maʼrifatparvarlik ruhida tarbiyalash va tinchliksevar islom qadriyatlarini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Tadbir doirasida maxsus deklaratsiya ham qabul qilindi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro olimlar va tadqiqotchilarning ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi. Ushbu muhim qadam islom merosi yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Markaz muzeyini boyitish, shuningdek, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yana-da kengaytirishga qaratilgan.

 

Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti (Malayziya) O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Davra suhbatining asosiy qarorlaridan biri ikki mamlakatning islom sivilizatsiyasini o‘rganishga ixtisoslashgan yetakchi tadqiqotchilari va ekspertlarini birlashtiradigan qo‘shma O‘zbekiston-Malayziya ilmiy jamiyatini tashkil etish bo‘ldi.

 

Tashkilotga O‘zbekiston tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi, Malayziya tomonidan esa Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti rahbarlik qiladi. Ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi arafasida bo‘lib o‘tadi. Jamiyatning asosiy vazifalariga qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va nashrlar, taʼlim va madaniy tashabbuslarni tashkil etish, akademik tajriba va resurslar almashish, shuningdek, islom merosi masalalari bo‘yicha xalqaro muloqotni rivojlantirish kiradi. Jamiyatning kordinatorlari etib O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori – doktor Firdavs Abduxoliqov va Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti direktori – doktor Abdulaziz Bergut saylandi.

 

O‘zbekiston Prezidentining islom madaniyatini asrab-avaylash va buyuk allomalar merosini o‘rganishga qo‘shgan hissasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Malayziya tomoni o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga 100 000 dan ortiq qo‘lyozma va nodir nashrlardan elektron foydalanish imkonini beruvchi maxsus sertifikat taqdim etdi. Malayziya Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti kutubxonasining sertifikati va raqamli kaliti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriga tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlariga ham ruxsat berildi.

 

Davra suhbati davomida O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama ilmiy, taʼlim va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Malayziya Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro markazlar o‘rtasida radikalizmning oldini olish bo‘yicha maxsus dastur doirasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish taklif etildi. Madaniyat sohasidagi tashabbuslar Malayziya Islom sanʼati muzeyida O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari va topilmalariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etishni, shuningdek, mamlakatning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish maqsadida Malayziyaning diniy va taʼlim tashkilotlari vakillari, jurnalistlar va jamoat arboblari uchun O‘zbekiston bo‘ylab mediatur o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Taʼlim sohasida malayziyalik olimlarni Imom Buxoriy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyalar dasturlariga jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Malayziya xalqaro islom universiteti o‘rtasida qo‘shma taʼlim dasturini ishlab chiqish, jumladan, Visiting Professor dasturi bo‘yicha o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning Malayziya oliy o‘quv yurtlarida ishtirokini taʼminlash taklif qilindi. Ilmiy sohada Malayziya Islom madaniyati instituti va Imom Buxoriy nomidagi markaz o‘rtasida musulmon olimlarining tibbiyot sohasidagi ilmiy merosini o‘rganish va qayta tiklash hamda Imom Buxoriy merosini tadqiq etish taklif etildi. Bundan tashqari, maʼnaviy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida malayziyalik dindorlarga O‘zbekistondagi Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Bahouddin Naqshband bilan bog‘liq muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkonini beruvchi "Umra plyus" maxsus ziyorat dasturini ishga tushirish taklif etildi.

 

Tadbir doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamda O‘zbekiston ilmiy markazlari tomonidan nashr etilgan kitoblar va faksimile nashrlarning noyob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Taqdim etilgan nashrlar davra suhbati ishtirokchilarining chuqur qiziqishini uyg‘otdi. Ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlash ramzi sifatida kitoblar to‘plami Malayziyaning hamkor tashkilotlari kutubxonalariga, jumladan, Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti, Malayziya Islom madaniyati instituti va boshqa muassasalarga sovg‘a qilindi.

 

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Malayziya Islom sanʼati muzeyidagi o‘zbek madaniy merosi ekspozitsiyasini ziyorat qilishdi. Tadbir mehmonlari O‘zbekistonning boy merosini aks ettiruvchi noyob tarixiy ashyolar bilan tanishib, muzeyning doimiy ekspozitsiyasini ham ko‘zdan kechirishdi. Alohida taʼkidlash joizki, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan nashr etilgan "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumining 58-jildi aynan Malayziya Islom sanʼati muzeyi to‘plamlariga bag‘ishlangan.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.