O'zbekiston

O‘zbekistonda 2 kunda 112 kg narkotik aniqlandi

Bu bo‘yicha respublikada 653 ta tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda 2 kunda 112 kg narkotik aniqlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan joriy yilning 3-4 fevral kunlari mamlakat miqyosida “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarining dastlabki bosqichi olib borildi.

 

Giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar o‘tkazildi.

 

O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSH dollari va 569 million so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

 

Qo‘zg‘atilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.

 

Shuningdek, keng ko‘lamli tadbirlari doirasida 175 ta “tig‘”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol olindi.

 

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda 2 kunda 112 kg narkotik aniqlandi | Zamon.uz