“Samarqand noni” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
U geografik ko‘rsatkich sifatida belgilandi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ko‘magi bilan joriy yilning 4 fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.
“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb eʼtirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.
Bundan avval G‘ijduvon shashligini pishirish uchun hokimiyatdan ruxsat olish kerakligi haqida xabar berilgandi.







