Yangiyo‘lda 4 tup yasin daraxti kesib tashlandi
Oqibatda tabiatga 412 mln zarar yetkazilgan.

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida Yangiyo‘l tumani “Madaniyat” MFY hududida 4 tup shumtol (yasin) daraxti kesilganligi aniqlandi. O‘rganish natijasida huquqbuzarlik O‘.B. hamda U.A. tomonidan sodir etilganligi maʼlum bo‘ldi.
Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 412 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborildi.







