O'zbekiston

40 turdagi allergiya bilan yashayotgan qiz

Shunga qaramay, u hayotga ijobiy qarashga harakat qiladi.

40 turdagi allergiya bilan yashayotgan qiz

Xempshirlik 19 yoshli Xloya Remsi har kuni kurashadigan 40 dan ortiq turdagi allergiya haqida aytib berdi.

 

Xloya Remsi juda kam uchraydigan kasallik – akvagen urtikariya, yaʼni suvga allergiya bilan yashaydi. Uning tanasiga suv teggan zahoti terisi qichiydigan toshmalar bilan qoplanadi, bu esa unga terisida chumolilar o‘rmalayotgandek tuyuladi. Remsi bergan intervyusida bu holatning qanchalik azobli ekanini tasvirlab, baʼzida hatto terisini pichoq bilan qirib tashlash istagi paydo bo‘lishini tan oldi.

 

Xloya olti oyligidan boshlab turli allergiyalardan aziyat chekadi, ammo yaqinda unga "oziq-ovqat changi sindromi" tashxisi qo‘yildi. Bu uning organizmi turli mahsulotlarga, jumladan, banan, kartoshka, qulupnay, kivi, hatto jelatinli shirinliklar va atirlarga ham qanday reaksiya berishini tushuntirib beradi. Biroq suvga allergiya uning eng noodatiy va tushunarsiz kasalligi bo‘lib qolmoqda.

 

U hayotida suv bilan bog‘liq ko‘plab noxush voqealarni boshidan kechirgan. Masalan, bir safar poyezdni kutayotib, yomg‘ir ostida qolganida, uyga yetib kelguncha qattiq qichishish azobidan qiynalganini eslaydi: "Men giyohvandga o‘xshab qichishishdan to‘xtay olmasdim", – deydi u.

 

Xloya ko‘p marta hayoti uchun xavfli allergik reaksiyalar, jumladan, anafilaktik shok holatiga tushgan va shuning uchun bir necha bor shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Allergiyalarni nazorat qilish uchun u oyiga ikki marta maxsus inyeksiya qabul qiladi, ammo ular faqat qisman yordam beradi.

 

Shunga qaramay, u hayotga ijobiy qarashga harakat qiladi. Allergiyalarini kuzatish va ularning og‘irlik darajalarini tahlil qilish uchun Exsel jadvalida maxsus ro‘yxat yuritadi. Bu esa unga organizmining o‘zgarishlarini nazorat qilishga yordam beradi.

 

Xloyaning hikoyasi dunyoda kam uchraydigan, ammo hayotni sezilarli darajada qiyinlashtiradigan kasalliklarning mavjudligini yana bir bor isbotlaydi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

40 turdagi allergiya bilan yashayotgan qiz | Zamon.uz