Gulnora Karimovaning 182 mln dollari O‘zbekistonga qaytariladi
Ular jinoyat ishi doirasida to‘laqonli musodara qilingandi.

Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimovadan musodara qilingan yana 182 mln dollari O‘zbekistonga qaytariladi.
O‘zbekiston hukumati va Shveysariya Federal Kengashi o‘rtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim” imzolandi.
Bitim doirasida taxminan 182 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekistonga qaytarilishi belgilangan. Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan bo‘lib, 2012 yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ish yurituvi doirasida to‘laqonli musodara qilingan edi.
Mablag‘lar Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” Ko‘p sheriklik trast Jamg‘armasi orqali qaytariladi.







