O'zbekiston

Prezident Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi Akixisa Nagasima boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Maxsus maslahatchi Akixisa Nagasima davlatimiz rahbariga Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isibaning salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.

 

Yaponiya O‘zbekistonda qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro hamkorlikni taʼminlash va mustahkamlashda o‘zining ishonchli va uzoq muddatli strategik sherigini ko‘rayotgani taʼkidlandi.

 

Yaponiya hukumati iqtisodiy va innovatsion hamkorlik, energetika, sanoat, infratuzilma va ijtimoiy sohalardagi kooperatsiya, jadal taʼlim va madaniy almashinuvlar, turizm va mehnat migratsiyasi dasturlari, shuningdek, samarali mintaqaviy hamkorlik kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini yuksak baholayotgani alohida qayd etildi.

 

2024 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 35 foizga oshdi. Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan loyihalar portfeli 12 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 100 ga yaqin qo‘shma korxona va tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston-Yaponiya markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

 

O‘zbekiston yetakchisi oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar va o‘zaro tashriflarni davom ettirish muhimligini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalardagi, shu jumladan Yaponiya hukumatining Taraqqiyotga ko‘maklashish dasturi doirasidagi hamkorlikning kun tartibi sermazmun ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya hukumatiga joriy yil aprel oyida Osaka shahrida boshlanadigan “Ekspo” butunjahon ko‘rgazmasini muvaffaqiyatli o‘tkazishni tiladi.

 

Bo‘lajak "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik doirasida mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz