Samarqandda “svet”dan 3 mlrdlik asossiz qarzdorlik chiqdi
Hozirda qarzdorlik qayta hisob-kitob qilingan.

Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ faoliyatidan norozi bo‘lib “SIRALISH MEVA” MCHJ murojaat qilgan.
Mazkur murojaatda “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektiga nisbatan 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan asossiz qarzdorlik hisoblanganlik holati aniqlandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, “SIRALISH MEVA” MCHJning murojaati asosli deb topilib, asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, tadbirkorlik subyektining murojaati ijobiy hal qilindi.
Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan yuqoridagi holatlar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga huquqiy tushuntirishlar berilib, kelgusida yuqoridagi holatlarni takrorlamaslik yuzasidan ogohlantirish berildi.







