Toshkentda Gentra haydovchisi odamlar ustiga mashina haydadi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda Gentra avtomashinasi haydovchisi bir nechta fuqarolarning ustiga avtomashinani boshqargani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, soat taxminan 03:20 atrofida Toshkent shahar Shayxontohur tumani Taxtapul ko‘chasida bir necha fuqarolar o‘zaro gap talashib tortishib qolishi natijasida janjalashib ketishgan. Janjal natijasida oq Gentra avtomashinasi haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan.
Ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolar tuman IIBga topshirilgan, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







